Адрес:
Город Ташкент, Чиланзарский район, улица Фозилтепа, дом 38

Fargʼona NQIZ da qiziqarli musobaqalar davom etmoqda.

« Назад

Fargʼona NQIZ da qiziqarli musobaqalar davom etmoqda. 16.12.2021 12:05

Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fargʼona viloyati boshqarmasi hamkorligida FNQIZda kamondan otish boʼyicha musobaqa tashkil etildi.

 Musobaqa zavod ishchi-xizmatchilari oʼrtasida mazkur sport turnirini ommalashtirish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishga jalb etish maqsadida oʼtkazildi.

Musobaqada zavodning har bir tsexidan 5 nafardan faol yosh mutaxassislar ishtirok etib, kamondan oʼq otish boʼyicha naqadar mahoratli ekanliklarini amalda koʼrsatishdi.

Musobaqa natijalariga koʼra Abdumalik Abduhamidov gʼoliblikni qoʼlga kiritib, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fargʼona viloyati boshqarmasining 1-darajali diplomi bilan taqtirlandi, 2-oʼrinni Saidahmatov Botirxon va uchinchi oʼrinni Rahmonjonov Boborahim egalladi.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgani uchun Tursunova Malikaxon Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

1

2

3

4

5


Вверх

photo_2020-04-30_19-51-45

Телефон: